Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri Boris Jonson ma'lum qildiki, Solsberida Rossiya Razvedka boşqarmasining sobiq polkovnigini Sergey Skripal «katta ehtimol bilan» Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyruğiga köra zaharlangan.
«Putinning Kremli bilan örtamizda ziddiyat bor va bizning hisoblaşimizça, Ikkinçi jahon uruşidan keyin ilk marta Yevropa köçalarida, Birlaşgan qirollik köçalarida asab tizimini falajlovçi moddani qöllaş uning qarori bilan amalga oşirilgan», degan Taşqi işlar vaziri.
Buyuk Britaniya Boş vaziri Tereza Mey 14 mart kuni Solsberida Sergey Skripalning zaharlanişi ortida Moskva turganini ma'lum qilib, rossiyalik 23 nafar diplomat ehtimoliy josuslar sifatida çiqarib yuborilişini e'lon qildi. Rasmiy Moskva bu ayblovni inkor etdi va tez orada javob qaytarişini bildirdi.













