Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi suv muammosi mavzusida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz. 

Nazarboyevning Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlari bilan birinçi maslahatlaşuv uçraşuv yakunlari böyiça ma'lum qilişiça, mamlakat yetakçilari muammoli suv masalalarini özaro hal qilişdi.

"Eng asosiy masala – bu suv muammolari. Bizning davlatlar – bu şu yerda – Amudaryo va Sirdaryo oraliğida yaşovçi 70 mln odam. Bu yerda uşbu masalada siyosiy savdo bölişi kerak emasligiga kelişib oldik", - deya aytib ötdi Qozoğiston prezidenti.

"Biz bu masalani barça davlatlar manfaati yölida birgalikda hal qilişimiz kerak. Ham gidroinşootlar, ham suv yöllari, ham elektr energiyasi", - deya xulosa qildi u.