AQŞning Yangi Orleani sohillari yaqinida dengiz ustida quvur körinişidagi ulkan bulut kuzatildi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Uşbu antiqa tabiiy hodisani Kertis Kristensen işga ketayotganda tasvirga olgan. “Bu joriy haftada AQŞni qamrab olgan sovuq frontning “dumidir”. Bunday hodisa joriy yilda köp kuzatilmoqda, biroq men gorizont böylab ketgan bunçalik katta bulutni hali körmagandim. Ijtimoiy tarmoqlarlarda barça hayratda”, deb izoh bergan Kertis hodisaga.
Ötgan yil Jahon meteorologik taşkiloti Cloud Atlas kitobida uşbu kam uçrovçi hodisani yangi turdagi bulut deb rasman e'lon qilgan. Uşbu hodisa “uzun, odatda yerga yaqin joylaşgan, quvur şaklidagi gorizontal bulut massasi” sifatida ta'riflangan.
Odatda bunday bulutlar momaqaldiroqli bulutlar ostida paydo böladi. Yaqinlaşayotgan böronning pastga yönaluvçi oqimi ta'sirida nam havo yuqoriga kötarilib, soviydi va silindrik şakldagi bulutni hosil qiladi.









