Samarqandlik 23 yaşar yoş öqituvçining baxtsiz hodisaga uçrab halok bölişi odamlarni qayğuga soldi. Uşbu hodisa sabab turli fikrlar yuzaga çiqmoqda, jurnalistlar çiqişlar qilmoqda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari ham turli qaraşlar aks etgan postlar qoldirişmoqda. Aslida, nima bölgan edi? Bu mavzuga atrofliça yondaşgan Xabar.uz sayti maxsus muxbiri Karimberdi Töramurod uşbu voqea yuzasidan jurnalistik suriştiruv qilib, maqola e'lon qildi.

 

Hokimlar sözida turmadi!

Namangan viloyati xokimi Xayrullo Bozorovning va'dasi: “Öqituvçilar va döxturlarni nafaqat obodonlaştiriş işlarida, hatto qişloq xöjaligi işlarida ham işlatib keldik. Bu ikki soha − eng zabardast, işongan sohalarimiz. Mana, hokimlar ham turibdi, öqituvçi va şifokorlarni unaqangi işlarga jalb etiş taqiqlanadi! Çiqarmaymiz ularni bunday işlarga!”

Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning va'dasi: “Öqituvçi va şifokorlarni boşqa işlarga jalb qiliş – taraqqiyotga tösiq. Tuman hokimlariga buyruq berdik, endi öqituvçi va şifokorlar öz işidan boşqa işga jalb etilmaydi!”

Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonovning va'dasi: “Öqituvçi va şifokorlarni boşqa işlarga jalb qiliş – jinoyat! Birorta tuman hokimi öqituvçi va şifokorlarni boşqa işga jalb qilsa, özim olib borib qamayman!”

Surxondaryo viloyati hokimi ham, Buxoro viloyati hokimi ham, boşqa hokimlar ham bunday va'dalarni bergan edilar. Ammo qaysi viloyatda öqituvçilar va şifokorlar paxtaga olib çiqilmadi?

Kerak bölsa, vodiy öqituvçilari vagonlarga “yuklanib” ota-bobosi körmagan Qoraqalpoqqa olib borib, paxta terdirildi. Sovet zamonida ham, “yangi turğunlik zamoni”da ham öqituvçilar poyezdga “bosib”, paxtaga olib borilmagan edi.

Deputatlar esa tan olmadi

Özbekiston Oliy Majlisi Senati a'zolari bilan televideniyeda bölgan uçraşuvda Senatning agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi örinbosari bunday degan edi: “Respublikamizning turli hududlarida deputatlar bilan ötkazilgan uçraşuvlarning birortasida biror öqituvçi “Bugun biz köça tozalayapmiz”, degan şikoyat bilan çiqqani yöq. Ular biz bilan uçraşuvlarda majburiy mehnat haqida oğiz oçayotgani yöq va bunday holat kuzatilmagan”.