18 mart kuni «Özbekiston Qur'on musobaqasi 2018» erkaklar örtasida Toşkent şahar bosqiçi ötkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
18-19 mart kunlari Toşkent şahridagi «Navröz» tantanalar saroyida ötkazilişi rejalaştirilgan mazkur musobaqaning birinçi kunida qorilarning nafis qiroati saroyda yangradi. Musobaqa natijasiga köra, Toşkent şahrida tilovat böyiça 18-25-yoşgaça erkaklar örtasida Nizomiddin Ismoilov (1-örin), Iskandarjon Ismoilov (2-örin), Mirğiyos Mirhosilov (3-örin) ğolib, deb topildi. Tilovat yönalişida 26-40 yoşgaça erkaklar örtasida Fayzirahmon Mamadjonov 1-örinni qölga kiritdi. Yahyo Abdurahmanov va Yöldoşali Karimov mos ravişda keyingi poğonada qayd etildi.


Musobaqaning Hifz yönalişida 18-25 yoşlar örtasidagi ğolib qorilar orasida Habibulloh Ahmedov, Ne'matulloh Husniddinov va Islom Inoğomov e'tirof etildi. Hifz yönalişida 26-40 yoşdagi ğolib qorilar Muhammad Törayev, Abdulaziz Söfiyev hamda Dovud Axunjanov, deb topildi.
Eslatib ötamiz, 19 mart kuni «Özbekiston Qur'on musobaqasi 2018» ayollar örtasida Toşkent şahar bosqiçi ötkazilişi kutilmoqda.














