Farğona viloyati IIV yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi «Navröz» umumxalq bayrami munosabti bilan 21 mart — Navröz umumxalq bayrami kuni viloyat markazi Farğona şahrida barça turdagi transport vositalari harakati çeklanişi rejalaştirilgan köçalar röyxatini ma'lum qildi.

Kun.uz tahririyatiga taqdim etilgan ma'lumotga köra, bayram kuni yopiladigan köçalar röyxati:

  • Alişer Navoiy köçasi – Özbekiston ovozi – Yuksaliş köçalari kesişmasidan Islom Karimov nomidagi kiçik halqa yöliga qadar;
  • Yuksaliş köçasiga tutaş bölgan – Nurobod – Nurafşon – Oftob köçalari;
  • Islom Karimov nomidagi kiçik halqa avtomobil yölining Yuksaliş köçasi kesişgan çorrahasidan bunga tutaş Qaşqar qişloq va E'tiqod köçasi kesişgan çorrahasigaça;
  • Ahmad Al-Farğoniy istirohat boğiga olib boruvçi Ahmad Al-Farğoniy köçasi – Universitet köçasi çorrahasidan Ahmad Al-Farğoniy – Qomus köçalari çorrahalarigaça;
  • Universitet – Istirohat çorrahasidan Universitet – Turon köçalari çorrahasigaça;
  • Vatan ravnaqi – Murabbiylar köçalari çorrahasidan Burhoniddin Marğinoniy – Murabbiylar köçalari çorrahasigaça;
  • Burhoniddin Marğinoniy – Sayilgoh çorrahasidan Ma'rifat – Sayilgoh köçalari çorrahasigaça;
  • Qirguli mavzesidagi «Kimyogar» yoşlar madaniy markaziga olib boruvçi Farğona – Özbekiston köçalari çorrahasidan Marğilon – Özbekiston köçalari çorrahasigaça;
  • Yuksaliş köçasida joylaşgan «Orom» bolalar boğiga olib boruvçi Yuksaliş – Yangi turon – Fayzulla Xöjayev çorrahasidan Yuksaliş köçasiga tutaş bölgan Vatan köçasi kesişgan qismigaça;
  • Yuksaliş köçasida joylaşgan «Hayvonot boği»ga olib keluvçi olib boruvçi Yuksaliş köçasining Abdulla Qodiriy köçasiga buriliş qismidan Aylanma harakatgaça bölgan qismi; 

Şuningdek, 20–22 mart kunlari bayram tadbirlari ötkaziladigan madaniyat va istirohat boğlariga tutaş köçalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtinça töxtatilişi rejalaştirilmoqda.