Farğona şahrida joylaşgan 66-son davlat boğçasining 6 yoşli tarbiyalanuvçisi boğça hududida yer ostiga örnatilgan, atrofi öralmagan yuqori kuçlanişli transformator punktiga tuşib ketib, jiddiy jarohat olgani, tana aʼzolari kuyib ketgani haqida avvalroq Kun.uz'da suriştiruv eʼlon qilingan edi.
Bolakay bir neça marta oğir jarrohlik amaliyotlarini boşdan ötkazdi. Bu haqda maʼlum qilgan otasining sözlariga köra, javobgar şaxslar masʼuliyatni töla öz zimmasiga olmayapti, sud esa aybdorlarga munosib jazo bermagan.
“Aybdorlar farzandimni töliq davolatib berişsin”
Abdurahmon Qodirov, bolaning otasi:
- Öğlimni boğça hududida yuqori kuçlanişli tok urgani böyiça sud bölib ötgan suddan könglimiz tölmadi. Aybdor deb topilgan uç kişining har biriga 15 mln sömdan, jami 45 mln söm moddiy va maʼnaviy zararni qoplaş böyiça hukm çiqarildi.

TPga yiqilganlik böyiça barça aybni öğlimga ağdarişyapti. Bunday holatda qanday qilib bola aybdor bölişi mumkin? Öğlimni ehtiyotsizligi oqibatida elektr şitiga tuşib ketgan, deyişyapti. Yertöla oçiq, uning atrofi maxsus tösiq bilan öralmagan bölsa, bola aybdor böladimi? Yuqori kuçlanişli TPni vaqtida yopib qöymaydimi? Atrofidagi panjara baxtsiz hodisa yuz bergandan keyin qöyildi...
Beçora öğlim birovlarning qilmişini deb şunça azob çekdi, hozir ham çekyapti. Qölini operatsiya qildirdik, oyoğidan pay, nervini olib boşqa joyga qöydirdik, lekin eng yomoni, tana kuçli kuyib ketganidan pay yopişmadi, qöyib yubordi, kuygan qöl esa haliyam bitmay turibdi – bularga kim javob beradi? Boğça bolasi özidan özi aybdor bölib qolaveradimi?
Men öşa kuni öğlimni boğçaga soğ-omon topşirgan edim. Öğlimni qölimdan olişsin, çet elga olib borişadimi yoki özimizda davolaşadimi, tuzatib berişsin. Dori oliş uçun yoki boşqa bir zaruratdan telefon qilsangiz, ayb işni qilib qöyganlar kötarişmaydi. Xohlasa javob beradi, xohlamasa yöq...




















