Farğona şahrida boğça bolalari ovqatdan zaharlangani gumon qilinmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, şahardagi 2, 7 va 47-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari tana haroratining kötarilişi, qorin sohasida oğriq, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi şikoyatlar bilan Farğona viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga murojaat qilgan.
Dastlabki epidemiologik suriştiruvlar uçun uşbu boğçalarda bolalar isteʼmol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar örganilgan. Jumladan, nonuşta, tuşlik hamda keçki tamaddida isteʼmol qilgan mahsulotlari, uşbu mahsulotlarni yetkazib beruvçilar aniqlangan.
“Oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyor taomlardan bakteriologik tekşiruvlar uçun namunalar olingan. Ayni vaqtda epidemiologik suriştiruv va laboratoriya tekşiruvlari davom etmoqda”, deyiladi munosabatda.
Qöşimça qilinişiça, 26-oktabr soat 11:00 holatiga 28 nafar bola yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Ularning umumiy ahvoli barqaror, oğir ahvoldagi bemorlar yöqligi bildirilgan.
Şuningdek, 23 nafar bolaning umumiy ahvoli qoniqarli deb baholanganligi sababli ularga uy şaroitida davolaniş uçun ruxsat etilgan.
Farğonada avvalroq ham boğçalarda bolalar ommaviy zaharlangandi. Keyinçalik Farğona va Quvasoy şaharlaridagi davlat boğçalariga keytering asosida ovqat yetkazib bergan firma heç qanday tanlovsiz viloyat hokimi imzolagan qaror bilan uşbu imkoniyatni qölga kiritgani aniqlangandi.

















