Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini Fransiyaning Strasburg şahrida bölib ötgan Yevropa parlamentining yalpi majlisida YeI va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi hamkorlikka doir nutq sözladi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.
Unda, jumladan, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo heç qaçon bu darajada yaqin bölmagani, Ipak yöli bu şunçaki tarixni eslaş emas, balki eng muhim infratuzilma loyihasi ekanligi, Markaziy Osiyo ilgaridagiga nisbatan köproq darajada Yevropa va Osiyo örtasidagi çorrahaga aylanayotgani ta'kidlangan.
“Afğoniston yoki Yaqin Şarqdagi voqealar biz uçun qanday muhim bölsa, Markaziy Osiyodagi şeriklarimiz uçun ham şu qadar muhim. Körinib turibdiki, ularning xavfsizligi – bizning xavfsizligimizdir”, - dedi F.Mogerini.
“Biz dunyo özgarayotganidek uşbu mintaqa ham özgarayotganini aniq köryapmiz... Markaziy Osiyo Şarq uçun ham, Ğarb uçun ham yanada mustaqil va kuçli şerikka aylanib bormoqda”, — dedi u.
U Yevropa kompaniyalari nafaqat mintaqa, balki Yevropa Ittifoqiga ham foyda keltiriş maqsadida Markaziy Osiyoga investitsiya kiritişga intilayotganini aytib ötdi.
“Biznes muhitni yaxşilaş manfaatini biz ham bölişamiz. Biz şerikçilik va hamkorlikni kengaytiriş böyiça yangi avlod kelişuvlari ustida iş olib boryapmiz. Bunday hamkorlikka oid kelişuvni Qozoğiston bilan imzoladik¸ Qirğiziston bilan muzokaralar olib boryapmiz, tez orada Özbekiston bilan şunday muzokaralarni boşlaymiz”, — dedi diplomat.
Federika Mogerini mintaqada nafaqat iqtisodiy, balki inson huquqlari böyiça olib borilayotgan islohotlarga ham alohida töxtalib ötdi.
“Mustaqil ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati, institutlar uçun oçiq maydoni bilan Markaziy Osiyo yanada işonçli, mamlakatlari esa inqirozli vaziyatlarga nisbatan yanada qayişqoq, iqtisodiyotlari yanada mustahkam va jozibali böladi. Bu yölda Özbekiston va Qirğiziston muhim islohotlarni amalga oşiryapti. Biz ularga bu yölda hamkor bölişni istaymiz. Ötgan yil dekabr oyida uşbu mintaqaga qilgan safarim çoğida aynan şu masalalarni muhokama qilgandik. Mintaqadagi boşqa mamlakatlar ham bu borada Özbekiston va Qirğizistondan örnak olişini xohlaymiz”, - dedi u.
F. Mogerini Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka töxtalar ekan, bu borada Afğonistonda tinçlik örnatiş masalasiga bağişlab Toşkentda xalqaro konferensiya ötkaziş taşabbusini yuqori baholadi.
“Bu özimizning xavfsizligimiz uçun muhim va men şaxsan öşa yerda afğon hukumati, Markaziy Osiyodagi hamkorlar hamda xalqaro iştirokçilar bilan birga qatnaşaman. Xalqaro hamkorlik çegaralardagi radikallaşuv yoki çet ellik terrorçilar bilan boğliq hodisa tahdidlariga qarşi jiddiy kuraşişning yagona yölidir”, - dedi u.
Eslatib ötamiz, şu yil 26-27 mart kunlari poytaxtda ötkaziladigan xalqaro konferensiyada BMT, YeI va öndan ziyod mamlakatning yuqori lavozimdagi davlat mulozimlari qatnaşadi.












