Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Kiriş turizmini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 6 fevraldagi PQ -3509-son qaroriga 2-ilovaning 13-bandiga muvofiq hamda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş, milliy turistik mahsulotlar va brendlarni xalqaro maydonlarga faol kiritiş, şuningdek, Özbekistonga taşriflar davomida xorijiy mamlakatlarning rasmiy delegatsiyalariga hamrohlik qilayotgan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan ötkaziş tartibiga aniqliklar kiritiş maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori taqdim etildi. Unga muvofiq:
- Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 24 fevraldagi 33-son qarori (Özbekiston Respublikasi QHT, 2006 y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvçi Asosiy qoidalarga ilovaga muvofiq özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
- Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari - Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi S.R.Xolmuradov, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri A.X.Komilov hamda Uzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklandi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi 207-son qaroriga ilova
Vazirlar Maqkamasining 2006 yil 24 fevraldagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar
ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvçi Asosiy qoidalarga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalar
- 7-bandda:
a) “olti oygaça” sözlari “uç oygaça” sözlari bilan almaştirilsin (ya'ni, vaqtinçalik xorijiy muxbirni akkreditatsiya qiliş töğrisidagi qaror Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri nomiga xorijiy davlatning tegişli ommaviy axborot vositasi rahbariyatining yozma murojaatnomasi taqdim etilgandan keyin ikki haftadan keçikmay Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Ijobiy qaror qabul qilingaç Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi akkreditatsiya qilingan muxbirga vaqtinçalik xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilinganligi töğrisida uç oygaça (olti oygaça emas) amal qiliş muddati bilan guvohnoma beradi);
b) quyidagi mazmundagi ikkinçi xatboşi kuşilsin:
“Uzbekiston Respublikasida materiallarni, şu jumladan, kinoxronikal, Özbekistonning turistik salohiyati, tabiati, madaniyati, an'analari va aholi turmuş tarzi töğrisidagi dasturlarni, publitsistik va tarixiy materiallarni suratga olişni möljallayotgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uçun Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining iltimosnomasi mavjud bölgan taqdirda vaqtinça xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiyadan ötkazilganlik töğrisidagi guvohnoma murojaatnoma Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga tuşgandan keyin beş iş kunigaça muddatda beriladi”.
2. 13-band (Özbekiston Respublikasida ötkaziladigan xalqaro yoki milliy darajadagi turli tadbirlar (kongresslar, simpoziumlar, s'yezdlar, anjumanlar, seminarlar va şu kabilar)ni yoritiş uçun taklif qilingan xorijiy davlat ommaviy axborot vositasi vakili Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida vaqtinçalik xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilinadi)ga quyidagi mazmundagi ikkinçi va uçinçi xatboşilar qöşilsin:
“Özbekiston Respublikasiga taşrifni yoritiş uçun xorijiy davlatlarning rasmiy delegatsiyalariga suratkaş yoki videooperator sifatida hamrohlik qilayotgan xorijiy mamlakatlar davlat organlarining xodimlarini akkreditatsiyadan ötkaziş talab etilmaydi.
Xorijiy davlatlarning rasmiy delegatsiyalariga hamrohlik qilayotgan OAV vakillarini vaqtinça akkreditatsiyadan ötkaziş töğrisidagi qaror xorijiy davlatning Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga yoki Özbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuborilgan rasmiy verbal notasi asosida beş iş kunidan keçikmasdan qabul qilinadi. Uşbu holatda Asosiy qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni takdim etiş talab qilinmaydi”.












