Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida Agentlik va Rossiyaning “Vinogradnaya loza” MÇJ örtasida Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyada iş bilan ta'minlaşni taşkil etiş töğrisida Bitim imzolandi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Bitimni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boşliği R.Ibragimov va “Vinogradnaya loza” MÇJning vakolatli vakili M. Qamariddinova imzoladilar.

Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boşliği R.Ibragimovning ta'kidlaşiça, Agentlik şu paytgaça taşkiliy işga yollaş sohasida Rossiyaning qator mintaqalari bilan hamkorlik qilardi. Bugun Voronej viloyati bilan ham hamkorlik yölga qöyilmoqda.

Ma'lumki, «Vinogradnaya loza» MÇJ kadrlar agentligi bölib, rekruting xizmatlari körsatiş sohasida ham faoliyat yuritib keladi. Şuningdek, mazkur jamiyat “Vybor” quriliş kompaniyasi va Özbekistonning mintaqadagi savdo uyi hisoblangan “Agrosoyuz” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

“Vinogradnaya loza” MÇJ vakilasi M.Qamariddinova ma'lumotiga köra, işçilarga turar-joy, suğurta polisi havola etiladi, patent rasmiylaştiriladi va tuşlik taom bilan ta'minlanadi. Iş beruvçining patentga tölagan xarajatlari işçining bir neça oylik maoşidan uşlab qolinadi. Işçilarning iş haqi 30 ming rubldan 50 ming rublgaça.

Yaqin kunlar içida Voronejda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirişni istaydigan fuqarolarni tanlab oliş jarayoni boşlanadi.