Bu haqda 2-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda söz bordi, deya xabar berdi davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadov.

Yiğilişda xorijiy iş beruvçilarning buyurtmalarini texnikumlardagi taʼlim bilan boğlaş, yoşlarni işga joylaşiş uçun zarur til va amaliy könikmalarga maqsadli tayyorlaş muhimligi qayd etildi.

Hozir Germaniyaning Globogate kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming hamşira tayyorlanmoqda. Qarşidagi Ilğor kasbiy mahorat texnikumida esa germaniyalik öqituvçilar yoşlarga nemis tili va kasb örgatmoqda.

Andijonda ham tadbirkor böş turgan texnikumni taʼmirlab, Germaniyadan öqituvçi jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlayotgani aytildi. Prezident bu tajribani kengaytirib, har bir viloyatdagi ikki-uçta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini örgatiş zarurligini taʼkidladi.

Germaniyaning Telk kompaniyasi Intil xalqaro öquv markazida 100 nafar nemis tili öqituvçisini tayyorlaşni boşlagan. Ularni 2027-yil boşidan hududlardagi texnikumlarga jalb qiliş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda boşqa mamlakatlardagi imkoniyatlardan ham yetarliça foydalanilmayotgani körsatib ötildi. Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini migratsiya strategiyasiga kiritgan. Biroq prezident bu imkoniyatlardan foydalanişda elçilar, hokimlar va texnikumlarning örni sezilmayotganini qayd etdi.

Jumladan, Buyuk Britaniyada 33 ming işçiga ehtiyoj bor. Şunga qaramay, uşbu mamlakatga fuqarolar asosan qişloq xöjaligidagi mavsumiy işlarga yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida iş beruvçilar bilan aniq kelişuvlar yöq, «Yoşlar mobilligi» dasturida iştirok etiş masalasi ham hal etilmagan.

Italiya bilan mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça kelişuv mavjud bölsa-da, bu imkoniyat işga solinmayotgani taʼkidlandi.

Davlat rahbari çet tilini biliş xorijda yuqori daromadli iş topişning asosiy şartlaridan biri ekaniga eʼtibor qaratdi. Özbekistonda ingliz tilini puxta örganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yoş bor. Biroq ularning AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Şvetsiya va Daniyada işlaşi uçun yöl oçiş böyiça işlar yetarli emasligi qayd etildi.