Bu haqda 2-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda maʼlum qilindi. Yiğiliş tafsilotlarini davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadov eʼlon qildi.

Viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlariga Intil xalqaro öquv markazi tajribasini örganib, kelasi yili hududlarda yagona migratsiya markazlarini taşkil etiş topşirildi.

«Yoşlarga ingliz tilini qanday örgatayotgan bölsak, nemis tili böyiça ham şunday yondaşuv kerak», - dedi prezident.

Şu maqsadda 2027-yilda maktab va texnikumlarda dars beriş uçun nemis tili ona tili bölgan 500 nafar mutaxassis jalb qilinadi. Oliy taʼlim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasini kelasi öquv yilidan ikki baravar oşiriş topşirildi.

Yiğilişda Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari özlariga zarur mutaxassislarni Özbekiston texnikumlarida tayyorlaşga qiziqiş bildirayotgani aytildi. Ular öquv dasturlarini işlab çiqiş va taʼlim muassasalarini jihozlaşga sarmoya kiritişga ham tayyor.

Prezident bir oy içida 20 ta texnikumni tanlab, kelasi yildan ularni xorijiy iş beruvçilar talabiga muvofiq kadr tayyorlaşga moslaştirişni topşirdi.

Şuningdek, har bir viloyatdagi ikki-uçta texnikumni yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş rejalaştirilmoqda. Ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar iş joyida darhol faoliyat boşlay oladigan mutaxassis tayyorlanadi.

Texnikumlar tadbirkorlarga 15 yilga boşqaruvga beriladi. Bitiruvçilarga davlat namunasidagi malaka sertifikati taqdim etiladi, taʼlim muassasalari xorijiy iş beruvçilar bilan boğlanadi.

Tadbirkorlarning kadr tayyorlaş va uskuna xarid qilişga sarflagan mablağlarini tölangan soliqlardan çegiriş tizimi yölga qöyiladi. Xorijda yaxşi işga joylaşgan har bir bitiruvçi uçun grant ajratiş ham nazarda tutilmoqda.

Bu borada Sergelidagi «Toşkent quvur zavodi» taşabbusi misol sifatida keltirildi. Korxona öz ustalarini jalb etib, yiliga 2,5 ming payvandçi, elektrik va çilangar tayyorlaşni taklif qilgan.

«Men işonaman: çempion tadbirkorlarimiz çet elda “özbek mutaxassislari brendi”ni yaratişda ham davlatga kömakçi böladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.