Bayram kunlarida köngli öksik insonlar holidan xabar oliş xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi nogiron bolalar uçun faoliyat yurituvçi “Muruvvat” uyida Navröz kunlari köplab ana şunday tadbirlar ötkazilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati bölinmasi vakillari bahoriy bayram ayyomida muassasadagi 279 nafar nogiron bolalarni yöqlab bordilar.
Harbiylarimiz bolajonlarni bayram bilan tabriklab, sovğalar ulaşişdi. Tarbiyalanuvçilarning mazkur tadbirdan köngillari şod bölgani aniq. Ular özlari yodlagan şe'rlardan aytib berişdi.
“Muruvvat” uyi xodimlari ezgu niyat bilan taşrif buyurgan mehmonlarga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar.




















