Reklama beruvçilar Mark Tsukerberg foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlarini töplaş  bilan boğliq holatga izoh bermasa, Facebook bilan hamkorlikka nuqta qöyiş bilan tahdid qilişdi. Britaniyaning Daily Mail naşri şu haqida xabar berdi. 

Facebook uç yirik kompaniya bilan hamkorlikni qöldan boy berişi mumkin. Şu bilan birga, ilgari korporatsiya aksiyalariga qiziqqan moliyaviy taşkilotlar ham Facebook'ga boykot e'lon qilişmoqçi. 

Manbaga köra, iste'molçi tovarlar tarğiboti bilan şuğullanuvçi ISBA — Britaniya reklama beruvçilar birlaşmasi IT-gigantdan tezkor javob talab qilgan. Taxminlarga köra, minglab firmalar, şu jumladan Unilever va Procter&Gamble kabi gigantlar ham ijtimoiy tarmoqning noqonuniy ma'lumot töplagani tasdiqlangan taqdirda Facebook bilan hamkorlikdan voz keçişi mumkin. 

M&C Saatchi xalqaro marketing agentligi rahbari Devid Kerşou oligopoliya şaroitlarida kompaniyalar tarğiboti barça xarajatlarning 60 foizi Facebook va Google'dagi e'lonlarga ketayotganini ma'lum qildi. Kerşouning fikriça, boykotga jazm qilganlar nihoyat çeklangan bozordagi ulkan xarajatlar bilan boğliq vaziyatni özgartirişi mumkin.