Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritiladigan özgartirişlar va qöşimçalar loyihasi muhokama qiliş uçun QHTBT portalida e'lon qilingan. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Bugungi kunda amal qilayotgan tabiatni muhofaza qiliş talablarini buziş holatlari uçun ma'muriy javobgarlikni (MJTKning 91-moddasi) jarima sanksiyalarini tegişli ravişda oşirgan holda aniqlaştiriş taklif etilmoqda.

Bundan taşqari, voyaga yetmagan şaxsni çiqindilar bilan muomala qiliş sohasida ma'muriy huquqbuzarlik sodir etişga jalb etganlik uçun javobgarlikni joriy etiş taklif qilindi. Bunday xatti-harakatlar uçun jarima miqdori EKIHning taxminan 10 baravaridan 30 baravarigaça miqdorni taşkil etadi.  
 
Bunda ma'muriy javobgarlikka tortiş maqsadida tabiatni muhofaza qiliş talablarini buziş holatlari texnik foto- va videovositalar orqali qayd etiladi. Ayni paytda bunday tartib faqat yöl harakati qoidalarini buziş holatlariga nisbatan qöllanmoqda.
 
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.