Yangi kitobga Jonatan va Anjela Skott, Marsel van Osten, Frans Lanting, Greg dyu Tua va boşqa taniqli fotograflarning işlari kiritilgan. Suratlarda sayyoradagi eng baland sutemizuvçilarning tabiatdagi hayoti aks etgan.

© Andy Rouse

Jirafalarni butun dunyoda oson tanişadi. Biroq ular duç kelayotgan xavflar haqida hamma ham yetarliça maʼlumotga ega emas. Naşrda keltirilişiça, sönggi 300-yilda jirafalar tabiiy yaşaş muhitining qariyb 90 foizini yöqotgan, Afrikaning kamida yetti mamlakatida esa butunlay yöqolib ketgan.

© Art Wolfe

Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqi maʼlumotlariga tayanib qayd etilişiça, 1985-yildan buyon jirafalar soni keskin kamaygan. Ayrim hududlarda qisqariş 40 foizga yetgan.

© Federico Veronesi

Baʼzi qöriqlanadigan hududlarda jirafalar safarining odatiy qismiga aylangan. Sayyohlar ularni Afrika manzarasining ajralmas timsoli sifatida qabul qiladi. Ammo boşqa joylarda bir-biridan uzilib qolgan kiçik populyatsiyalar zaif holatda yaşamoqda.

© Will Burrard-Lucas

Qişloq xöjaligi maydonlarining kengayişi, yöllar va tösiqlar qurilişi, aholi punktlarining ösişi jirafalarning tabiiy harakat yöllarini bölib taşlamoqda. Natijada ular alohida hududlardagi kiçik guruhlarga ajralib qolyapti.

© Todd Gustafson

Ayrim mintaqalarda jirafalar hali ham göşti uçun ovlanadi. Boşqa hududlarda esa qurolli mojarolar va siyosiy beqarorlik tabiatni muhofaza qiliş işlarini qiyinlaştirmoqda.