Fotograf Namibiyadagi Xuab daryosi vodiysida fillarni kuzatayotganda, qurigan özan qumida ğayrioddiy sudraliş izlarini payqagan. Fillar guruhiga yetib borgaç, bu izlar qayerdan paydo bölganini tuşungan.
Guruhdagi urğoçi fil nobud bölgan bolasini olib ketayotgan edi. Bolasining oyoği onasining qoziq tişi va xartumi orasida qisilib qolgan.

Osiyo va Afrika fillarida ölim bilan boğliq turli xatti-harakatlar kuzatilgan. Ular öziga xos tovuşlar çiqaradi, ölgan tödadoşlarining tanasini qöriqlaydi, suyaklarini tekşirib, tegib köradi, baʼzan esa ularni kötarib yuradi.
Ayrim tadqiqotçilar bu harakatlar fillarning ölimni anglaşi bilan boğliq bölişi mumkinligini aytsa, boşqalari ularni ehtimoliy qayğu ifodasi sifatida talqin qiladi.
Wildlife Photographer of the Year tanlovining 62-körgazmasi 2026-yil 16-oktabrda London Tabiiy tarix muzeyida oçilişi va 2027-yil 11-iyulgaça davom etişi rejalaştirilgan. Keyin ekspozitsiya Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarda namoyiş etiladi.


















