MonoVisions Photography Awards taşkilotçilari 2026-yilgi tanlov natijalarini eʼlon qildi. Yakka fotosuratlar böyiça «Tabiat va yovvoyi hayvonlar» (Nature and Wildlife) toifasida birinçi örin AQŞ vakili Vey Lyanning «Bexato zarba» (Perfect strike) asariga nasib etdi.

Suratda katta kök qarqaraning forel baliğini tutayotgan lahzasi aks etgan. Quşning qanotlari hali yopilmagan, ölja atrofida esa suv tomçilari saçramoqda. Fotograf ovning aynan şu qisqa lahzasini kadrga muhrlagan.

Ikkinçi örinni AQŞning yana bir vakili Liven Taoning «Nafosat!» (Grace!) surati egalladi. Kadr Antarktidadagi Guld qöltiğida, imperator pingvinlarining yirik koloniyasi orasida olingan.

Muallifning aytişiça, minglab quşlar orasida uning eʼtiborini bir voyaga yetgan pingvin tortgan. U kameraning röparasida turib, ovoz çiqargan va turli holatlarga kirgan. Fotograf aynan pingvin boşini eggan paytni tanlagan.

«Pingvin boşini eggan lahza menga şu qadar nafis körindiki, uni taʼriflaşga söz topolmadim», - deyiladi Taoning suratga bergan izohida.

Liven Tao yaqinda kasbiy amaliyotini yakunlagan endodont, yaʼni tiş ildizi kanallarini davolaş böyiça mutaxassisdir. Fotografiya uning hayotiga taxminan ön yil avval dam oliş maşğuloti sifatida kirib kelgan, keyinçalik esa asosiy qiziqişiga aylangan.

Uning tarjimai holida qutb hududlariga alohida qiziqişi, şuningdek, oq ayiqlarga bağişlangan Yukio’s First Day Out nomli bolalar fotokitobi tilga olinadi. Tanlovga taqdim etilgan işda fotograf butun koloniyaning keng manzarasi örniga bitta pingvinning portretini körsatişni maʼqul körgan.

«Nafosat!» - MonoVisions 2026 tanlovining «Tabiat va yovvoyi hayvonlar» toifasida ikkinçi örin / © Liwen Tao

Uçinçi örin kolumbiyalik fotograf Kamilo Diasning «Qulay fursatda oziqlaniş» (Opportunistic Feeding) asariga berildi. Unda suv yuzasi yaqinida oziqlanayotgan bukri kit va uning atrofida töplangan baliqlar tasvirlangan.

Diasning tuşuntirişiça, surat sardinalarning ommaviy köçişi paytida olingan. Bir joyda töplangan katta miqdordagi ölja dengiz quşlari, dengiz arslonlari, marlinlar va tunetslarni ham jalb qilgan. Muallif ozuqaning bu qadar mölligi kitning hatto köpayiş hududida ham oziqlanişiga sabab bölganini taʼkidlaydi.