Azamat Abduraimov 2004 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan iborat bo‘ladigan yangi o‘smirlar terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda Azamat Abduraimovning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 2019 yil U-16 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Agar saralashdan muvaffaqiyatli o‘tilsa, 2020 yil Osiyo chempionati final bosqichida qatnashadi. Ushbu qit'a chempionatida yarim finalga qadar yetib borilsa, o‘smirlarimiz 2021 yil bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etishadi.