Internetda Qozoğistonning Aqtöbe viloyatidan bölgan ayol tasvirlangan video bir soatning içida 40 ming marotaba tomoşa qilindi. U “Niva” markali avtomobilni trosda bir özi tortib ketişga muvaffaq bölgan, deb xabar qilmoqda qozoq OAV.
Kadrlardan köriş mumkinki, odamlar avtoni joyidan qözğatişga urinayotgan ayolni kuzatmoqda va qöllab-quvvatlab turibdi. Video qahramoni qisqa vaqt içida maşinani bir neça metrga tortib ketişga muvaffaq böladi. Şu bilan birga, ayol bu işni poşnali oyoq kiyimda bajargan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, uşbu hodisa Aqtöbe viloyatining Aqtaşatu qişloğida röy berdi.
“Aqtöbening kuçli ayollari” nomini olgan rolik zello.aktobe pabligida e'lon qilindi. Izoh qoldirgan qozoğistonliklarning yarmi ayol kuçidan hayratga tuşişgan bölsa, boşqalari bu ayol emas, balki erkak kişi, degan xulosaga kelgan.








