Tojikistonda öz işida Özbekistondan keltirilgan trikotaj matolardan foydalanadigan yangi tikuvçilik sexlari oçiladi. Bu haqda tojik OAV xabar bermoqda.
Duşanbeda bölib ötgan sohaga oid körgazma yakunlari böyiça Özbekistondan Tojikistonga trikotaj matolarni yetkazib beriş böyiça kelişuvlarga erişildi, şuningdek, töqimaçilik korxonalari bilan şartnomalar tuzildi, deya xabar beradi «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi matbuot xizmati.
Bundan taşqari, «Buka Boxing Sportswear» MÇJ va Duşanbe boks federatsiyasi, «Avazxon Kelajak Tekstil Servis» MÇJ hamda «SOXTMON M-21» MÇJ örtasida şartnoma imzolandi.












