Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar içki işlar organlarining xizmat faoliyatida ham öz aksini topmoqda. Sohada ötkazilayotgan islohotlar natijasida bugun Toşkent viloyati içki işlar organlari xodimlari va keng jamoatçilik örtasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda, barça soha vakillari bilan yelkama-yelka turib, yurt osoyiştaligi va fuqarolar xavfsizligi yölida xizmat qilib kelişmoqda.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar Vazirining maslahatçisi general-polkovnik Zokirjon Almatovning Toşkent viloyati şahar va tumanlari faollari bilan muloqotlarda uşbu masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jumladan, viloyatning Angren, Olmaliq, Ohangaron şaharlari hamda Ohangaron tumanining mahalla faollari, yoşlar, hokimlik va içki işlar organlari vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda hududlardagi jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, fuqarolar osoyiştaligini ta'minlaş va jamoat tartibini saqlaş yönalişida olib borilayotgan işlar çuqur tahlil qilindi.

Foto: Özbekiston Respublikasi IIV
Foto: Özbekiston Respublikasi IIV
Foto: Özbekiston Respublikasi IIV
Foto: Özbekiston Respublikasi IIV

Muloqot davomida har bir mahallada jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning sodir etilişiga yöl qöymaslik, bu borada oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligini yanada mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşildi. Sodir etilgan huquqbuzarlik oqibatlari bilangina emas, balki uning barvaqt oldini oliş hamda sodir etişga imkon bergan sabab va şart-şaroitlarni öz vaqtida bartaraf qilişga asosiy e'tibor qaratildi. 

Şuningdek, muhokama davomida hududiy içki işlar organlari rahbarlarining hisoboti hamda mahalla faollarining va hayotiy tajribaga ega insonlarning tavsiyalari tinglandi.