Amerikalik tadqiqotçilar 30 soniya içida 92 foiz aniqlik bilan insultni aniqlaşga qodir qurilmani işlab çiqişdi. Journal of Neurointerventional Surgery şu haqidagi maqola bilan bölişdi. 

Işlab çiqaruvçilar yangi qurilmani 248 nafar iştirokçida sinab körişdi, ulardan 41 nafari ötkir insultdan aziyat çekkan, 128 nafarida esa kasallik belgilari nisbatan kamroq bölgan, 79 nafari soğlom kişilar bölişgan. 

Ta'kidlaş joizki, qurilma yordamida miyani tadqiq qiliş atigi 30 soniya vaqtni olgan. 93 foiz holatlarda insultga çalingan bemorlarni aniqlaşning uddasidan çiqilgan, 92 foiz holatda esa - soğlom kişilarni xastalardan ajratişga muvaffaq bölingan. Bugungi kunda amalda qöllanuvçi tibbiy qurilmalar esa 40-89 foiz holatlardagina insultni aniqlaşi mumkin. 

Radiotölqinlar yordamidagi qurilma miyadagi suyuqlikning harakatlanişini tekşiradi. Insultda u qon tomirlari ötkazuvçanligidagi özgarişlarni aniqlaş imkonini beradi. Özgarişlar qançalik kuçli namoyon bölsa, bemor miyasiga ziyon şunçalik jiddiy böladi. 

Insult aniqlangan taqdirda bemorga 24 soat içida operatsiya ötkaziladi, biroq kasallikdan söng har soat uning ijobiy yakun topiş imkoni 20 foizga kamayadi, deya izoh berişmoqda tadqiqotçilar. Şuning uçun insultni imkon qadar tezroq aniqlagan ma'qul. Olimlar qurilma qimmatli vaqtni tejaşga yordam berişiga umid qilişmoqda.