Toşkent şahrining Mirobod tumanida 25 mart soat 23.30larda, Toşkent şahar IIBB YPX inspektori, kiçik serjant E.Ergaşev va IIBB JTSB PPX brigadasi haydovçisi, safdor B.Isroilov A.Fitrat köçasida xizmat olib borayotgan vaqtida şu köçada şovqin solib harakatlanib kelayotgan 1991 yilda tuğilgan S.M. boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli va 1992 yilda tuğilgan K.M. boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomaşinalarini töxtatgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasining xabar berişiça, haydovçi S.M. avtomaşinaga tegişli hujjatlarni taqdim qilayotganida ikkala avtomaşinada mast holda bölgan yölovçilari, 1990 yilda tuğilgan M.F., 1995 yilda tuğilgan R.M., 1994 yilda tuğilgan D.M. xodimlarning oldiga kelib faol qarşilik körsatgan.

Şundan söng şu hududda xizmat olib borayotgan IIBB PPX va JTSB PPX brigadasi safdori  K.Hamidov va kiçik serjant Z.Djurayevlar yordamga kelganida, ularning ham qonuniy talablariga böysunmay faol qarşilik körsatib, safdor K.Hamidov va kiçik serjant Z.Djurayevlarning boş hamda yuz qismlariga qöllari bilan urib jarohat yetkazganlar. 

Natijada safdor K.Hamidov va kiçik serjant Z.Djurayev IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan. Körilgan çoralar natijasida M.F., R.M. va D.M. uşlangan.