455-sonli «Toşkent – Ribaçe – Toşkent» xalqaro poyezdining muntazam harakati yölga qöyilgan edi. Yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida mazkur yönaliş böylab 2018 yilning 22 martidan boşlab çiptalarga çegirmalar beriş joriy etildi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» axborot xizmati xabar bermoqda.

Kupe va lyuks vagonlari uçun:

– Çiptalar poyezd jönaşidan 31-45 kun avval xarid qilinsa, 45%;
– Çiptalar poyezd jönaşidan 30- 6 kun avval xarid qilinsa, 35%.

Platskart vagonlari uçun:

– Çiptalar poyezd jönaşidan 31-45 kun avval xarid qilinsa, 35%;
– Çiptalar poyezd jönaşidan 30-6 kun avval xarid qilinsa, 25%.

Agar yöl çiptalari bitta mamlakat tasarrufida yuriş uçun olinadigan bölsa, uşbu çegirmalar joriy etilmaydi.