Tojikiston va Özbekiston yengil avtomobillar uçun ekologik tölovni bekor qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bugungi kunda Özbekistonga öz avtomobillari bilan kirib kelayotgan Tojikiston fuqarolari bojxonada 46dan 54 dollargaça miqdorda bölgan ekologik tölovni tölaşmoqda.
Ca-news xabariga köra, Tojikistonning Söğd viloyati Bojxona boşqarmasidan ma'lum qilinişiça, köplab fuqarolar Özbekiston çegarasini kesib ötişda ekologik tölov miqdori yuqori ekanidan şikoyat qilişgan. Uning sözlariga köra, Tojikiston qonunçiligida bunday norma yöq, hamda Tojikistonga kirayotgan özbek maşinalari bu kabi tölovlarni tölamaydi. Şuning uçun tojik bojxonaçilari özbek hamkasblariga uşbu tölov turi bekor qilinişini körib çiqiş taklifini berişgan.
Söğd viloyati bojxonasi xodimining sözlariga köra, tölovni bekor qiliş yoki uning miqdorini qisqartiriş böyiça muzokaralar yaqinda boşlandi hamda tomonlar aprel oyi boşida bir qarorga kelişi kerak.
Qayd etilişiça, bugungi kunda Tojikiston-Özbekiston çegarasidagi çegara postlari amaldagi safar hujjatlari bilan 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etilgandan söng odamlarga töla. Biroq, köpçilik ekologik tölov tufayli qöşni mamlakatga öz avtomobilida bormaslikka qaror qilmoqda, şuning uçun ular çegaraga borib, Özbekiston hududidan esa taksi yollaşadi.












