Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sagintayev 28 mart kuni Janubiy-Qozoğiston oblastiga amalga oşirgan amaliy taşrifi davomida Sarioğoç tumanidagi “Jibek Joli” bojxona postiga bordi.
Xalqaro nazorat-ötkaziş punkti Özbekiston bilan çegaradagi Jibek Joli qişloğida joylaşgan. Bu yerda har ikki yönalişda çegarani kesib ötayotgan fuqarolar va transport vositalari çegara nazoratidan ötkaziladi.
Qozoğiston hukumati rahbari saytida xabar berilişiça, unga bojxona posti orqali bir sutkada 25 mingga yaqin jismoniy şaxslar va 100ga yaqin transport vositalari ötayotgani haqida hisobot berişgan. Şu bilan birga, “KazJolServis” rahbari Ye.Dikanbayevning sözlariga köra, yangi avtovokzal binosi qurilişi ikki davlat örtasidagi yölovçi oqimi va transport taşuvlari hajmini oşirişga imkon beradi.












