Jahon | 12:45 / 29.03.2018
40713
1 daqiqa o‘qiladi

Omurbek Babanov davlat to‘ntarishi tayyorlashda gumonlanmoqda

© RIA Novosti / Aleksandr Astafev

Qirg‘iziston prezidentligiga sobiq nomzod, o‘tgan yil kuzidagi prezidentlik saylovlarida ikkinchi o‘rinni egallagan sobiq deputat Omurbek Babanov mamlakatda davlat to‘ntarishi tayyorlash hamda tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

«Qirg‘iziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Omurbek Babanov bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha tergov olib bormoqda», deyilgan RIA Novosti manbasi xabarida.

«Respublika — Ata Jurt» partiyasi yetakchisi o‘tgan yilning 15 oktabrida o‘tkazilgan saylovda saylovchilarning 34 foiz ovozini olib, amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekovdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagandi. Saylovda 11 nomzod ishtirok etgandi.

Mavzuga oid