Turkiyaning milliy razvedka taşkiloti xodimlari Kosovoda uşbu mamlakat razvedka xizmati kömagida turk muxolifi Fathulloh Gulen taşkilotining (FETO) 6 nafar a'zosini qölga olib, Turkiyaga yetkazdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanişiça, Turkiyaga razvedka samolyotida Jixan Özkan, Kahramon Demirez, Hasan Husayn Gunakan, Mustafo Erdem, Osman Karakaya va Yusuf Karabin ismli şaxslar yetkazilgan. Ularning barçasi Turkiya sud organlariga topşirilgan.

Anqaraning versiyasiga köra, qölga olinganlar Bolqon davlatlarida faoliyat yuritib, FETO tarafdorlarining Turkiyadan Yevropa davlatlari va AQŞga qoçişlarini taşkillaştirgan.