Kosovodagi harbiy jinoyatlar böyiça maxsus tribunal 16-sentabr kuni Kosovo ozodlik armiyasining (KOA) sobiq rahbari va qisman tan olingan respublikaning sobiq prezidenti, 58 yoşli Haşim Taçini 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. U uruş jinoyatlarida, jumladan, qotillik, qiynoqqa soliş va noqonuniy hibsda saqlaşda aybdor deb topildi.
1990-yillarning oxirida mintaqaning Serbiyadan mustaqilligi uçun kuraşgan Kosovo ozodlik armiyasining yana uç nafar sobiq rahbari - Kadri Veseli, Rejep Selimi va Yakup Krasniçi bilan birga sudlanayotgan Kosovoning sobiq prezidenti harbiy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Haaga sudi Taçi KOA qömondoni sifatida, xususan, Kosovo kuçlari Serbiya bilan hamkorlik qilişda gumon qilgan 96 nafar siyosiy raqib va şaxslarning öldirilişi uçun javobgar ekanini belgiladi.
Hukmni öqib eşittirgan sudyaning sözlariga köra, Kosovoning sobiq prezidenti harbiy jinoyatlarni rağbatlantiriş uçun «öz mavqei, yetakçiligi, hokimiyati va obrösidan foydalangan». Siyosatçi öz aybini tan olmadi.
Taçi Kosovoning mustaqillik uçun kuraşida asosiy rollardan birini öynagan. Harbiy ötmişidan taşqari, u qisman tan olingan respublikaning boş vaziri, taşqi işlar vaziri lavozimlarida işlagan, şuningdek, 2016-2020 yillarda Kosovo prezidenti bölgan. 2020-yilda Taçi Haaga sudi unga nisbatan 1998-1999 yillardagi uruş jinoyatlari böyiça ayblovni tasdiqlaganidan söng prezidentlikdan isteʼfoga çiqdi. Kosovoning sobiq rahbari Haagaga öz ixtiyori bilan bordi.
The Insider naşrining yozişiça, Kosovo albanlari va serblari örtasidagi ziddiyatlarning keskinlaşuvi 1989-yilda, Belgrad mintaqaning keng avtonomiyasini bekor qilganida va albanlar davlat idoralari hamda politsiyadan ommaviy ravişda işdan böşatilganida sodir bölgan. Bir neça yillik zöravonliksiz qarşilikdan söng, taşabbus Kosovo ozodlik armiyasiga ötdi, u 1996-yildan boşlab politsiya uçastkalari, serb tinç aholisi va alban «hamkorlari»ga hujum qila boşladi - öşanda AQŞ maxsus vakili Robert Gelbard KOAni «heç şubhasiz terrorçi guruh» deb atagan va keyinçalik Haaga tribunali Lapuşnik lagerida asirlarni qiynoqqa solgani va öldirgani uçun lager qöriqçisini qamoqqa hukm qilgan edi.
Belgrad bunga jazo operatsiyalari bilan javob berdi: 1998-yilda Drenitsadagi KOA tayanç punktlariga qilingan hujum oqibatida önlab odamlar, jumladan, ayollar va bolalar halok böldi, keng kölamli uruş boşlanib, yuz minglab albanlar qoçqinga aylandi.












