AQŞning Jabbrrbox startapi odamlar osoyişta vaziyatda işlaşi uçun şaffof eşikli vertikal kapsulalar yaratdi. Foydalanuvçilarga bu “budka”da ötkazgan vaqtlari uçun haq tölaşlari kerak böladi.
Birinçi kapsula Nyu-Yorkdagi La-Guardiya aeroportida örnatildi. Bu kabinada 15 daqiqa böliş 10 dollarni, 30 daqiqa – 15 dollarni, bir soat böliş esa 30 dollarni taşkil qiladi. Duş kabinasi ölçamidek keladigan kapsulada örindiq, stol, rozetka, harorat va yoruğlik regulyatorlari örnatilgan.

Jabbrrbox boş direktori Brayan Xakatornning aytişiça, uşbu loyiha ğoyasi unga Manxettendagi uçraşuvlar örtasida 45 daqiqalik tanaffus vaqtida, bu vaqtni osoyişta vaziyatda ötkazişi kerak bölgan va ofisga qaytişga vaqti bölmagan paytda kelgan.

Jabbrrbox kapsulalar odamlar yolğiz qolib, diqqatini vazifani bajarişga qaratişiga töğri keladigan joylarda talabgir bölişiga umid qilmoqda. Bundan taşqari, kapsulani örnatiş uçuş joyni qayta rejalaştirişga ehtiyoj yöq.
Xususiy ofislar bunday kabinalardan 200taga yaqinini sotib olişdi. Bir örindiqli kapsula 13 ming dollar, 2 örindiqlisi esa 24 ming dollar turadi.







