Toşkent xalqaro aeroportida uçib ketiş terminalida (röyxatdan ötiş zali) joylaşgan «Qönoq» brendi ostidagi kapsula mehmonxonasining rasmiy oçilişi bölib ötdi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
Mini-mehmonxonada oltita zamonaviy kapsula mavjud — törtta standart bir kişilik kapsula va ikkita oilaviy (ikki kişilik) kapsula.
Har bir kapsula individual yopiq joy bölib, ortopedik matras, çoyşablar töplami, qulay ortopedik matrasli krovat, individual şamollatiş va yoritiş tizimlari, rozetkalar va zaryadlaş moslamalari uçun USB portlar bilan jihozlangan. Mehmonlarga qulaylik yaratiş uçun şaxsiy seyf, oyna, kiyim ilgiç va soatli ekran mavjud. Kapsula optimal mikroiqlimni saqlab turadi.

Bir kişilik standart kapsula tariflari:
- 4 soatgaça — 400 000 söm;
- 6 soatgaça — 600 000 söm;
- 8 soatgaça — 800 000 söm.
Ikki kişilik standart kapsula tariflari:
- 4 soatgaça — 600 000 söm;
- 6 soatgaça — 800 000 söm;
- 10 soatgaça — 1 000 000 söm.
«Uşbu mini-mehmonxona konsepsiyasi tranzit yölovçilar, şuningdek, boşqa viloyatlar yoki qöşni davlatlardan parvozdan bir neça soat oldin kelgan yölovçilar uçun ajoyib yeçimdir» - deyiladi xabarda.












