Sietllik ixtiroçilar maxsus kapsulani öylab topişdi, uning yordamida turli tabiiy ofatlar paytida omon qoliş mumkin. Kapsulaning içida 10 kişi beş kun davomida qoliş imkoniyatiga ega.
Konstruktsiya aviatsiya alyuminiysidan tayyorlangan bölib, kapsulaning özi suv kirişidan himoyalangan. Işlanma öz içidagi odamlarni turli tabiiy ofatlar, istalgan buyumlar orqali berilgan zarbalar, balandlikdan qulaşdan himoya qilişga möljallangan. Survival Capsule firmasi asosçilarining aytişiça, agarda tezlik bilan evakuatsiya amalga oşirilmagan bölsa, kapsulalar öz egalarini zilzila, dovul, töfon, sunamidan himoya qila oladi. U heç qaçon çökib ketmaydi hamda doimo suv yuzasida qoladi.

Skott Xill va Julian Şarpga bunday qurilmani yaratiş ğoyasi Hind okeanida 13 yil avval yuz bergan va minglab insonlarni hayotdan olib ketgan sunamidan söng kelgan. Muhandislar turli hajmdagi qurilmaning beşta modelini işlab çiqişdi. Uning içiga germetik lyukni oçgan holda kiriş mumkin. Kabinada örindiqlar, şuningdek, içimlik suvi va oziq-ovqat zaxirasi bor. Mijozlarning xohişiga köra içkariga maxsus kamarlar, hojatxona, quyoşli panellar, yoritiş uskunalari va musiqa qurilmalarini örnatiş mumkin. Konstruktsiya içida doimiy optimal harorat saqlab turiladi.















