AQŞning IŞIDga qarşi kuraşiş strategiyasi Suriya va Iroqdagi amaliyotlarda bevosita iştirok etişdan taşqari, uşbu terrorçilik guruhiga qarşi kuraşda boşqa davlatlarga yordam berişni közda tutadi. Bu haqda AQŞ dengiz piyoda qöşinlari korpusi qömondoni, general Robert Neller aytib ötdi.
General IŞIDga qarşi kuraşiş milliy strategiyasi böyiça Atlantika kengaşidagi yiğilişda boşlovçining savoliga IŞID Şimoliy Afrikada faollaşgani sababli, AQŞda IŞIDga qarşi butun mintaqa böylab mustaqil kuraşiş uçun imkoniyatlar yetarliça emasligini tan olgan. Generalning ta'kidlaşiça, milliy xavfsizlik strategiyasi boşqa davlatlar bilan ittifoq yaratişni közda tutadi va AQŞ terrorçilikka qarşi samaraliroq kuraşiş uçun boşqa davlatlarga yordam berişda yetarliça imkoniyatlarga ega.
“Dunyo katta va şu sababli milliy xavfsizlik strategiyasida ittifoqlar va şerikçiliklar yaratiş zarurligi aytilgan. Bizda terrorçilikka qarşi mustaqil kuraşiş uçun yetarliça kuç yöq va biz buni yakka özimiz qilmaymiz. Biroq biz boşqa davlatlarga ular özlarining aksilterrorçilik bölinmalari va xavfsizlik kuçlari samaradorligini oşirişi uçun yordam bera olamiz”, deb aytgan Neller.
General AQŞ ayni vaqtda Nigeriya, Ğarbiy Afrika davlatlari va yana boşqa davlatlarning IŞID tahdidiga qarşi kuraşiş imkoniyatini oşiriş maqsadida fransiyalik, britaniyalik va italiyalik hamkorlar bilan işlayotganini qöşimça qilgan.
“Hozir Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va boşqa davlatlardan hamkorlarimiz bilan işlamoqdamiz. Biz Nigeriya, Ğarbiy Afrika davlatlari va yana boşqa davlatlarga yordam bermoqdamiz”, deb aytgan general.
Neller boşqa davlatlarga yordam beriş zarurligini “AQŞ qurolli kuçlari oxir-oqibat bu mintaqani tark etişi” va mahalliy xavfsizlik kuçlariga terrorçilikka qarşi mustaqil kuraşişga töğri kelişi bilan tuşuntirgan.
Avvalroq AQŞ Afrikaning Sahel tumanida terrorçilikka qarşi kuraşiş uçun 60 mln dollar ajratişi ma'lum bölgan.












