29 mart kuni «Toshkent trade center» MÇJ («Toshkent savdo markazi» yoxud sobiq Abu-Saxiy bozori) ma'muriyati Boş direktor Alişer Xusainov va Kun.uz xodimlari iştirokida ijodiy guruh a'zolarining faoliyatiga tösqinlik bölgani yuzasidan oçiq suhbat uyuştirildi. Mavjud dalillar va tuşuntirişlar natijasida bozor ma'muriyati boş direktori voqeadan bexabar ekanligini va yuzaga kelgan köngilsiz voqea uçun uzr sörab, xizmat tekşiruvi ötkazişga buyruq berişi haqida ma'lum qildi.
30 mart kuni esa xizmat tekşiruvi jarayonida korxonaning ayrim xodimlari tomonidan Kun.uz elektron ommaviy axborot vositasi vakillariga nisbatan hurmatsizlik bildirilib, nomunosib xatti-harakatlar sodir etilganligi aniqlandi. Tekşiruv xulosasiga asosan, Tezkor işlar va rejim nazorati boşliği örinbosari T.D.Idrisaliyev, Infrastrukturadan foydalanganlik hamda bino va inşootlarning ijarasi uçun tölovlar nazorati bölimi menejyerlari R.X.Xotamov, M.M.Şaripov va B.B.Djurayev, şuningdek savdo markazi Xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajarib turgan videokuzatuv xizmati katta operatori B.R.Sayidov egallab turgan lavozimlaridan ozod qilinib, işdan böşatildi.
Şuningdek, korxonaning Infrastrukturadan foydalanganlik hamda bino va inşootlarning ijarasi uçun tölovlar nazorati bölimi boşliği A.E.Ahmedov, Xavfsizlikni ta'minlaş böyiça xizmat boşliği U.Rahimov va boşqa bir qator xodimlar qattiq ogohlantirilib, Boş direktorning birinçi örinbosariga bu kabi holatlarga yöl qöymaslik çoralarini köriş lozimligi qat'iy ta'kidlandi.
Eslatib ötamiz, 28 mart kuni «Toshkent savdo markazi» hududida Kun.uz jurnalisti, ijodiy guruh boşliği Xurşid Daliyev, tahririyat yuristi Zafarbek Solijonov va tasvirçi xodimi Fazliddin Abduqodirov jurnalistik faoliyatini amalga oşirişda bozor ma'muriyati xodimlari tomonidan tösqinlikka uçragandi. Bozor ma'muriyatining Rustam ismli xodimi Kun.uz tasvirçisidan kamerani tortib olib, kamera xotirasida mavjud barça tasvirni özboşimçalik bilan öçirib taşlagan. Şuningdek, xizmat guvohnomasini körsatgan tahririyat xodimlarini majburiy ravişda bozor ma'muriyati binosiga kirişga undagan. Xizmat vazifasida bölgan muxbirlar bozor ma'muriyatiga qaraşli binoda jismoniy va ruhiy tazyiqlarga uçragandi.
Mavzuga oid: Kun.uz faoliyatiga tösqinlik qilindi









