2018 yilda taşkil etilgan “Toşkent savdo markazi” xorijiy korxonasi xaridorlarga zamonaviy talablar asosida savdo xizmati körsatişni maqsad qilgan.

“Toşkent savdo markazi” joriy yilda amalga oşirişi lozim bölgan rejalardan yana birini tugatdi. Ya'ni yangi 8 qavatli zamonaviy gipermarket qurilişi töliq tugatilib foydalanişga topşirildi.

Gipermarket oçilişiga mutasaddilar bilan birga xorijiy va mahalliy tadbirkorlar taklif etildi. Tantanali oçiliş marosimida bozor rahbariyati yangi gipermarket qulayliklari va afzalliklariga alohida töxtaldi.

Foto: Toşkent savdo markazi
Foto: Toşkent savdo markazi

Uşbu 8 qavatli zamonaviy gipermarket bozor hududidagi ilgari avtomobillar töxtaş joyi sifatida foydalanilgan 2,2 gektar maydonda qurildi. Gipermarketning pastki 3 qavatida 1508 ta dökon barpo etilgan. Yuqori 5 ta qavatida 4500 ta avtomobil siğimiga ega avtoturargoh, restoran, maişiy xizmat, tez tibbiy yordam xonalari joylaşgan.

Mazkur savdo majmuasi işga tuşişi bilan 3 ming nafar atrofidagi aholi iş bilan ta'minlanadi. Şuningdek, avtoturargoh bozorlar atrofida yuzaga kelayotgan tirbandliklarga ham çek qöyadi.

Foto: Toşkent savdo markazi
Foto: Toşkent savdo markazi

Yangi gipermarketning oçiliş marosimida Qur'on tilovat qilinib, xalqqa oş berildi. Qurilişda faol iştirok etgan xodim va hamkorlarga minnatdorçilik sifatida sovğalar ulaşildi.

Gipermarket qurilişida qilinişi lozim bölgan imkoniyatlar inobatga olinib, sotuvçi va xaridorlar uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan.

“Toşkent savdo markazi” yangi gipermarketining taşqi körinişi salobatli körinsa, içkari tarafida şinamlik va körkamlik aks etadi.