2018 yilning 30 mart kuni xorijiy naşrlarda Toşkent şahrining Yaşnobod tumanidagi «Aşxobod» parki hududida obodonlaştiriş işlariga majburiy tarzda yöllangan tibbiyot xodimlari töğrisidagi maqola naşr etilgandi. Maqolada tibbiyot xodimlari keçgaça işlaşga majbur qilingani va xayriya fondi uçun 13 million söm miqdorida mablağ yiğişlari talab etilgani ta'kidlangandi. 

Mazkur vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent şahri hokimligining axborot xizmati tegişli savollar bilan 2-bolalar jarrohlik şifoxonasi boş şifokori Doniyor Sobirovga murojaat qildi. 

Ma'lum bölişiça, şu kuni turli tibbiyot muassasalarining bir neça nafar tibbiyot xodimlari hududlarni tozalaş işlariga jalb qilingan, biroq OAVda aytilganidek «Aşxobod» parki hududida emas, uning yonida joylaşgan Yaşnobod tuman markaziy poliklinikasi hududida.

«Poliklinika hududidagi obodonçilik işlari tibbiyot muassasasi hududida ötkazilişi rejalaştirilayotgan «Sumalak» tadbiriga tayyorgarlik işlari munosabati bilan amalga oşirilgan. Ma'lumki, özbek xalqining sevimli tadbirlaridan biri bölgan «Sumalak» bahor mavsumida mahallalar bilan birga davlat muassasalari hududlarida ötkaziladi. Qoidaga köra, «Sumalak»ni tayyorlaş ertalabgaça davom etadi va u turli qöşiq va raqslar, hazil-mutoyibalarga boy böladi. Bayram tadbiri ötkaziladigan hududda esa oldindan tozalaş işlari ötkaziladi», deyilgan xabarda.
 
2-bolalar jarrohlik şifoxonasi boş şifokori Doniyor Sobirovning ta'kidlaşiça, u «Aşxobod» parki hududida yirik kölamli tozalaş işlari amalga oşirilayotganidan xabardor bölgan, park hududi qöriqlanadi. Begonalar park hududiga kirişi taqiqlangan.

«Boşqa tomondan, «Aşxobod» parki ma'muriyatining öz resurslari yetarli va qöşimça yordamga ehtiyoj yöq», deydi u. 

Şuningdek, fondlarga muntazam pul mablağlari yiğilişiga doir xabar ham tasdiqlanmadi.

Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbari Uluğbek Egamberdiyevning ta'kidlaşiça, respublika davlat muassasalari xodimlarining bir kunlik daromadlarini uşlab qoliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumxalq xayriya haşarini ötkaziş töğrisida»gi körsatmasiga muvofiq yilda bir marta, körsatilgan tadbir vaqtida «ixtiyoriy ravişda» amalga oşiriladi.

«Bir kunlik iş haqi ötkazilişini rad etgan işçilardan pul vositalari uşlab qolinmaydi. Bu normal tajriba. Yiğilgan mablağlar «Mahalla» fondiga ötkaziladi va ular xayriya maqsadlarida safarbar etiladi. Qolgan barça yiğimlar noqonuniy hisoblanadi», deydi Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbari.