Kun.uz manbasiga köra, jamoatçilikdan sir tutilayotgan baxsiz hodisa 29 iyul kuni sodir bölgan.
Ma’lum bölişiça, Farğona viloyati Uçköprik tumanining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tumanning Qöqonboy hududini tozalaşga jalb qilingan.
Atrofdagi maysalar örilayotgan paytda öt öradigan maşinaning ötkir tiğli moslamasi çiqib ketib, markazning 34 yoşli xodimi Tohirjon Jörayevning yuragiga sançilib qolgan. Oqibatda xodim vafot etgan.
Aytişlariça, voqea joyiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansur Olloyorov yetib borgan va marhumning yaqinlari bilan körişgan.
Uşbu voqeani Kun.uzʼning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.
“Tumanning qaysidir mahallasini tozalaş bizning vazifamizga kirmaydi, byudjyet taşkiloti xodimlarini haşar yoki majburiy obodonlaştiriş işlariga jalb etiş amaliyoti töliq bekor qilinişi kerak. Majburiy mehnat yana bir inson umriga zomin böldi”, deydi marhumning hamkasblaridan biri.













