Bandlik vazirligi iş vaqtidan taşqari işga majburlaş va kambağallik körsatkiçlarini soxtakaşlik yöli bilan qisqartiriş holatlari haqida bayonot berdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim hududlarda xodimlarni iş vaqtidan taşqari, şuningdek, dam oliş kunlarida turli topşiriqlarni bajarişga majburan jalb etiş holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tuşmoqda.

Davlat mehnat inspeksiyasi ogohlantiradi: majburiy mehnat qonunçilik bilan taqiqlangan. Xodimni jazo yoki bosim tahdidi ostida, uning roziligisiz mehnatga majburlaşga yöl qöyilmaydi.

Şuningdek, "Ijtimoiy reyestr"dagi fuqarolarni asossiz yoki majburan reyestrdan çiqariş holatlari ham kuzatilmoqda. Bu esa fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya va kömaklardan foydalaniş imkoniyatidan mahrum bölişiga olib kelişi mumkin.

Unutmang! Heç qanday topşiriq xodimning mehnat huquqlarini yoki fuqaroning ijtimoiy himoya huquqlarini çeklaş uçun asos böla olmaydi.

Murojaatlar örganilib, holatlar tasdiqlangan taqdirda, aybdor mansabdor şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralar köriladi.

Hududlardagi rahbarlarga ham bunday holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan tegişli ogohlantiriş yuboriladi”, – deyiladi vazirlik bayonotda.

Boş prokuratura nazorat qilişi kerak

Eslatib ötamiz, 16-iyul kungi selektorda Şavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy reyestrga kiritişni asossiz rad etiş yoki sunʼiy ravişda reyestrdan çiqariş holatlari uçrayotganini tanqid qilgandi.

“Buning oqibatida ehtiyojmand oilalar ijtimoiy yordam oliş, farzandini boğça va tögarakka beriş kabi kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmayapti. 184 ta mahallada bir oy içida kelgan 2 mingta arizaning barçasi asossiz rad qilingan. [...] Şu sababli reyestrga kiriş masalasida prezidentga murojaatlar yil boşidan 1,5 barobar oşib, 30 mingdan 46 mingga köpaygan”, – degandi davlat rahbari.