Buxoro şahar IIBga "Çorbaxosa" MFY, Gözal köçasida yaşovçi S.F. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum şaxs yaşaş uyiga darvozasi orqali kirib, u yerdan yotoqxonasidagi seyfni kalit tanlaş yöli bilan oçib, 64.000.000 sömlik har xil turdagi tilla taqinçoqlarini va 650 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini öğirlab, jami 69.265.000 sömlik köp miqdorda zarar yetkazganligini bildirgan edi, deb xabar qilmoqda IIB.
Olib borilgan suriştiruv işlari davomida uşbu jinoyatni, Kogon şahar, Xalqlar Döstligi köçasida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan, muqaddam (Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan) sudlangan D.D. va uning jinoiy şerigi, Kogon şahar, Xiva köçasida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan, muqaddam (Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan) sudlangan N.A. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bölib sodir qilganliklari aniqlangan.
Uşbu holat yuzasidan D.D. va N.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu şaxslar ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.











