Kun.uz öz faoliyatini yanada kengaytiriş maqsadida professional jurnalistlarni işga taklif etadi.
Sayt jamoasiga tajribali jurnalist, muxbir, korrektor va huquqşunos mutaxassislar qabul qilinadi.
Kun.uz saytining özbek tilidagi talqini uçun:
- tadbir va matbuot anjumanlarida iştirok etib, aholidan kelib tuşgan murojaatlarni joylarga borib örganiş, materiallarni joyidan tayyorlovçi muxbir;
- ofisda materiallar va lavhalar bilan işlaydigan jurnalist;
Saytning rus tilidagi talqini uçun:
- ofisda muntazam ravişda materiallar bilan işlaş, özbek tilidan rus tiliga tarjimalar qiliş;
Saytning ingliz tilidagi talqini uçun:
- ofisda materiallar bilan işlaş, özbek tilidan ingliz tiliga tarjimalar qiliş;
Korrektor uçun talablar:
- internet jurnalistikasidan xabardorlik, imlo va stilistikada mukammal bilimga egalik.
Işga kiriş istagidagi nomzodlarga qöyiladigan talablar:
- yoşi 25-40 oraliğida bölgan, intiluvçan, serğayrat va eng muhimi professional xodim;
- özbek tili va xorijiy tillardan birini mukammal biliş (yozma va oğzaki nutq ravon bölişi, til qoidalariga amal qiliş);
- tahririyatning jurnalistik faoliyatga doir turli topşiriqlarini öz vaqtida va sifatli bajariş;
- öz sohasi böyiça çuqur bilimga ega, mustaqil fikrlaş könikmasi, şuningdek, tahlil qilib, xulosalaş qobiliyatiga ega;
- kompyuterda ofisga oid dasturlar bilan erkin işlay oliş.
Bundan taşqari, nomzodlar oliy ma'lumotli va iş tajribasiga ega bölişi zarur.
Tanlovdan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlarga:
- rasmiy mehnat şartnomasi hamda boşlanğiç 2 mln. sömlik oylik maoş;
- töliq stavka böyiça, kun davomida erkin iş grafik soati (bir haftada 6 kunlik iş soat normasidan kam bölmagan tartibda);
- Toşkent şahridagi ofisga qatnab işlaydigan jurnalistlar uçun bepul tuşlik (keçki smena uçun keçki ovqat) va qulay iş şaroiti taqdim etiladi;
- jurnalistlar erkin ijod qilişi uçun zarur texnikaviy vositalar bilan ta'minlanadi.
Ofis barça qulayliklarga ega, metro bekatiga yaqin joylaşgan. Murojaatlarni örganiş va boşqa xizmat topşiriqlarini bajariş uçun sarflanadigan xarajatlar tahririyat tomonidan qoplanadi.
(Suhbat davomida mehnat şartnomasiga ham individual özgartirişlar kiritilişi mumkin).
Nomzodlardan [email protected] elektron poçta manziliga kiçik hajm va erkin tarzda özi haqida bayon etilgan ma'lumotlarni (F.I.Ş., yaşaş va iş joyi, telefon raqami, iş tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma'lumotlar — çop etilgan maqolalaridan nusxalar va internetda e'lon qilingan işlariga havolalar) yuborişi söraladi.
Murojaat uçun telefon raqami:+998 95 146 23 23 (Qönğiroqlar soat 09:00 dan soat 17:00 gaça qabul qilinadi).










