Özbekiston Respublikasi bolalar huquqlarini himoya qiliş, ularni yaxşi şaroitda emin-erkin ulğayib, tarbiya topişi uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqda. Bu masalada BMTning Bolalar jamğarmasi bilan hamkorlik töğrisidagi asosiy bitim 1994-yil 19-dekabrda Toşkent şahrida imzolangan. Mazkur hujjat Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995-yil 22-dekabr kuni ratifikatsiya qilingandi.
Özbekiston Respublikasi va YuNISEF örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar özaro hamkorlik qiliş Mamlakat dasturi (Country program) doirasida olib boriladi. Kun.uz muxbiri ana şu Mamlakat dasturi hamda YuNISEFning özgarmas maqsadlari borasida taşkilotning Özbekistondagi doimiy vakili Saşa Grauman bilan suhbatlaşdi.

«Taşkilotimiz Özbekistonda olib borilayotgan yangilaniş va islohotlar davrini katta qiziqiş bilan kuzatmoqda. Biz aynan şu tarzdagi ijobiy islohotlar bilan bola huquqlarini töla himoya qiliş va böşliqlarni töldiriş imkoniyati paydo bölayotganidan xursandmiz. Xabaringiz bor, YuNISEF BMT şa'feligida Bolalar huquqlari töğrisidagi Konventsiya talablarini hududlarda ijro etilişini kuzatadi. Şuningdek, sohani rivojlantiriş va takomillaştiriş böyiça maslahatlarini beradi. Bu özgarişlarning tölqinida bola huquqlarini himoya qiliş, konvensiya talablarini bajariş maqsadida vazirliklararo faoliyat olib boruvçi maxsus komissiya taşkil etilgan va unga Boş vazir örinbosari Tanzila Norboyeva boşçilik qilmoqda», deb fikr bildirdi janob Garuman.
Saşa Grauman 5 yil avval BMT tomonidan Özbekiston uçun taqdim etilgan alohida tavsiyalar asosida Milliy dastur işlab çiqilgani, unda barça tavsiyalar inobatga olingani haqida sözlab ötdi.
«Xalqaro Mehnat taşkiloti bola mehnatidan foydalaniş holatlarini atrofliça örganib çiqmoqda. Öylaymanki, Özbekiston bu sohada ham katta yutuqqa erişdi. Taşkilotning xulosasiga köra, Özbekistonda tizimlaşgan bola mehnatidan foydalaniş holati mavjud emas. Prezident bu masalada aniq pozitsiyani bildirdi: noqonuniy bola mehnatidan voz keçiş bilan birga, öqituvçi va şifokorlarni majburiy mehnat ozod etiş haqida körsatmalar berdi. Bolaning soğlom ulğayişi va ta'lim olişi uçun muhim bölgan şifokor, öqituvçilar majburan paxta terim mavsumiga jalb etilmasligi bildirildi. Bu masalaga astoydil, izçil ravişda yondaşiş yaxşi natija beradi», öz xulosasini taqdim etdi u.

Saşa aynan erta ulğayiş davri, bola tarbiyasi haqida gapirib ötdi. Tabiiyki, bu mezonlar yoşlar siyosatini şakllantirişda qanday rol öynaşiga qiziqdik.
«Ön yillar davomida xalqaro maydonda yoşlarga oid umumiy siyosatni şakllantirişda erta ulğayiş davri muhim ahamiyatga ega ekanligi köp ta'kidlandi. Ilmiy va ijtimoiy tarbiyaning asosi ham mana şu davrda şakllanadi. Mutaxassislar ötkazgan tadqiqot natijasiga köra, maktabgaça ta'lim olgan bola 15 yoşida tengdoşlaridan köra, uç karra yaxşi natijalarni qölga kiritiş imkoniyatiga ega böladi.
Masalaning boşqa bir jihati ham bor. Prezident ta'kidlaganidek, yoşlarning ma'naviy tarbiya topişi kelajak avlodni sof aqidalar bilan ulğaytirişda muhim. Ana şu axloqiy masalalar ham erta ulğayiş davrida şakllanadi. Bolaning keyinroq jahldor bölişi yoki mehribon böladimi, bu erta tarbiya topiş davrida aniqlanadi. Bolaning ilk hissiyotlari, u boşdan keçiradigan tajribalar kelajakda bolaning qanday rivojlanişini bildiradi. Şunday ekan, bolaning kelajagi uning erta ulğayiş davriga qaram, desak mubolağa bölmaydi.
Şu tufayli, hukumat bolaning erta ulğayiş davriga e'tibor qaratişidan juda mamnunman. Bu yönalişda alohida vazirlik taşkil etildi, agar bu tizim sifatli işlay olsa, bolaning katta hayotga ilk qadamli mustahkam bosib kirişi uçun tayyor platforma yaratilgan böladi. Bu tizim bolasini qöriqlaş uçun taşlab ketgan ota-onaga xizmat qilmaydi, u bolaga nimanidir örgatişi lozim. Biz yangi vazirlik bilan yaqindan hamkorlik istaymiz, ular bilan işlaşda davom etamiz», deydi YuNISEF vakili.
Suhbatning töliq şaklini ingliz va özbek tilida quyidagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Özbek tilida:
Inliz tilida:











