Krasnodarda Tojikiston va Şimoliy Koreya fuqarolari örtasida ommaviy muştlaşuv yuz berdi, bu hodisa videoga olindi, deb xabar qilmoqda Migrant.news.tj.

Ommaviy muştlaşuv 29 mart kuni «Turgenev» turar-joy majmuasi qurilişida yuz bergan. Unda hammasi bölib taxminan 20 kişi iştirok etdi, deb xabar qilmoqda «Vesti».

Mojaroga nima sabab bölgani noma'lumligiça qolmoqda, xuddi jabrlanganlar soni kabi – muştlaşuv iştirokçilaridan birortasi na şifoxonaga, na politsiyaga murojaat etmagan.

Xabar berilişiça, kadr ortida tasvirçining ovozi va kulgisi eşitilgan: "Koreya Tojikistonga qarşi. Yiqit, yiqit uni, Vasya!"

Yozuv e'lon qilinganidan söng, 4 aprel kuni keçqurun huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari quriliş maydonçasida işlovçi 49 migrantni bölinmaga olib kelişdi, biroq ular öşa kuniyoq qöyib yuborilgan – barçasida Rossiyada işlaş uçun hujjatlar va patentlar tegişli tarzda rasmiylaştirilgan.