ÖzMTDP Jizzax viloyat, Şarof Raşidov tuman Kengaşi taşabbusi bilan tumanda “Xizmat-beminnat” loyihasi doirasida uçta bepul kurs faoliyati yölga qöyildi. Bu haqda ÖzMTDP Jizzax viloyat Kengaşi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yoğoç öymakorligi, tikuvçilik va rassomçilik böyiça oçilgan tögaraklarga 11 nafar uyuşmagan yoşlar qamrab olindi. Endilikda yoğoç öymakorligi böyiça Hilola Akramova, tikuvçilik böyiça Surayyo Isayeva, rassomçilik böyiça Muhayyo Bekboboyeva yoşlarga saboq beradi.
- Ming afsuski bugungi kunda yoşlar örtasida bezorilik va jinoyatçiliklar köplab sodir etilmoqda. Bularning zamirida, eng avvalo, uyuşmagan yoşlarning bandligi ta'minlanmaganligi yotibdi. Agar kişi biror foydali mehnat bilan maşğul bölsa, yanayam aniqroq aytadigan bölsak, “ğirt bekorçi” bölmasa, uning ongida har xil bölmağur fikrlar va vayronkor ğoyalar paydo bölmaydi, - deydi ÖzMTDP Ş.Raşidov tuman Kengaşi raisi Durdona Abdualiyeva. - Ma'lum bir ta'lim muassasasida tahsil olayotgan öğil-qizlar şundoq ham e'tibor va doimiy nazoratda böladi. Bizning asosiy maqsadimiz uyuşmagan yoşlarni qamrab olib, ularni ta'lim va kasb-hunarga yönaltirişdan iborat. Şu orqali biz jamiyatda soğlom ma'naviy muhitni barqarorlaştirişimiz mumkin. “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” deganlaridek, bu yoşlarning barçasi bizning öğil-qizlarimiz, bizning bolalarimiz, kelajagi porloq vatanimizning egalari ular.














