Qurolli Kuçlar akademiyasida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşining 2018 yilning birinçi çorak yakunlariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Unda mudofaa vazirining harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy tarbiya va yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari polkovnik Azizbek Ikramov, kengaş a'zolari va uning mintaqaviy bölinmalari raislari, harbiy okruglar qöşinlari qömondonligi va şaxsiy tarkib bilan bevosita ma'naviy-ma'rifiy yönalişda işlarni taşkillaştiriş uçun ma'sul bölgan ofitserlar iştirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yiğilişda kengaş va mintaqaviy bölinmalar faoliyati, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda kengaş oldida turgan vazifalar, Yoşarni harbiy-vatanpavarlik ruhida tarbiyalaş konsepsiyasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisidagi ma'ruzalar tinglandi. Unda Jamoatçilik kengaşining ayrim a'zolari hamda mintaqaviy bölinma a'zolarining faoliyati tanqidiy nuqtai nazardan baholandi. Kengaş nizomi va qabul qilinayotgan rejalar hamda boşqa hujjatlarda kengaş a'zolarining vazifalari belgilangan bölsada, ular tomonidan taşabbus bilan harbiy qismlarda tadbirlar ötkazilmagani, faqatgina taklif asosida Qurolli Kuçlar hayotidagi muhim voqealarga qatnaşib kelinayotgani ta'kidlandi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir söngida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi va uning Mintaqaviy bölinmalarining faoliyatini kuçaytiriş böyiça istiqboldagi rejalar belgilandi.