Boş prokuror örinbosari – Özbekiston harbiy prokurori Q.Isroilov raisligida Qurolli Kuçlar vazirlik va idoralarining muvofiqlaştiruvçi kengaş yiğilişi ötkazildi.

Videokonferensaloqada mudofaa vaziri Ş.Xolmuhammedov, favqulodda vaziyatlar vaziri A.Ikromov, milliy gvardiya qömondoni B.Toşmatov, IIV Qorovul qöşinlari va DXX Çegara qöşinlari, Qurolli Kuçlar tizimidagi barça harbiy okrug, qöşilma, harbiy qism, muassasa, doimiy nazorat-tekşiruv idoralari, şuningdek, harbiy huquqni muhofaza qiluvçi organlar birinçi rahbarlari iştirok etdi.

Muloqotda joriy yilning ötgan davrida qöşinlarning qonun ustuvorligini ta’minlaş, qonuniylikni mustahkamlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, şu jumladan korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi faoliyati körib çiqildi.

Özbekiston prezidenti, Qurolli Kuçlar oliy boş qömondoni tomonidan Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişida belgilab berilgan topşiriqlar ijrosi doirasida amalga oşirilgan tadbirlar natijalariga alohida urğu berildi.

Sohalarni raqamlaştiriş işlari, şuningdek, kiberxavfsizlikni, harbiy xizmatçilarning huquqlarini, oila a’zolarining bandligini va ijtimoiy himoyasini ta’minlaş, salomatligini saqlaş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va bu jabhalarda hamkorlikdagi tadbirlar muhokama qilindi.

Yakunida, körib çiqilgan masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.