Aralaş qoidalar jangçisi, rossiyalik Xabib Nurmagomedov UFC çempioniga aylandi. Bruklinda ötgan titul jangida u amerikalik El Yakvintaga qarşi ringga çiqib, hakamlar qaroriga köra ğolib deb topildi.

Dastlabki ikki raundda Nurmagomedov stixiyali uslubini qölladi - raqib ustidan ustunlik qildi, uçinçi raundni jangçilar tik oyoqda ötkazişdi. Törtinçi raund hal qiluvçi böldi, zarbalar böyiça rossiyalik sportçi 42-8 hisobida ustun keldi. Beşinçi raund ham Nurmagomedov ustunligida ötdi, zarbalar böyiça yakuniy hisob - 179-25, hakamlar bir ovozdan uni ğolib deb e'lon qilişdi (50-44, 50-43, 50-43) va u UFC çempioni bölgan ilk rossiyalikka aylandi.

Bu Nurmagomedovning 26 jangdagi 26-ğalabasi böldi. Yakvinta törtinçi mağlubiyatni qabul qilib oldi.