Respublikada taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari uçun joriy qilingan qulaylik va yengilliklarni suiiste'mol qilgan holda tovar-moddiy boyliklarni mamlakatimizga noqonuniy yöllar bilan olib kirişga bölgan urinişlar uçrab turibdi.
Yaqinda Toşkent şahar bojxonaçilari Turkiya davlatidan poytaxtda faoliyat körsatuvçi MÇJ nomiga olib kelingan gigiyenik vositalarni bojxona nazoratidan ötkazişdi.
Mazkur MÇJ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga köra yuk avtomaşinasida mamlakatimizga olib kirilayotgan bolalar tagliklari, soqol oliş kremi kabi mahsulotlar bölişi lozim edi.
Ammo körik jarayonida hujjatlarda körsatilmagan umumiy qiymati 126 000 000 sömlik, jami 126 000 dona “ARKO” nomli bir martalik soqol oliş uskunalari borligi aniqlandi, deb xabar beradi Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati.

Mazkur holat böyiça bojxona organlari tomonidan taşkilotning işonçli vakili, 1988 yilda tuğilgan A.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning tegişli moddalari bilan bayonnoma va tegişli protsessual hujjatlar rasmiylaştirilib, tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.











