GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanganidan söng olib kelingan Solsberidagi tuman klinikasi vakili Kristina Blanşardning sözlariga köra, ota-bola davolanişning turli bosqiçlarida qolmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Har ikki bemor davolanişga yaxşi reaksiya bildirdi, biroq ular turli ahvolda qolmoqda. Hozir biz Yuliyani Solsberidagi tuman şifoxonasidan çiqardik. Yuliya OAVni şaxsiy hayotini hurmat qilişga çaqirdi, hamda men ham uning bu iltimosi haqida eslatmoqçiman», - deya aytib ötdi Blanşard.
Uning sözlariga köra, Sergey Skripalning özi ham ança yaxşi bölib qolgan.
«Garçi u Yuliyadan sekinroq tiklanayotgan bölsada, biz umid qilamizki, u ham kerakli vaqtda şifoxonani tark eta oladi», - deya qayd etib ötdi u.













